Quva tumanida “GAZ 3110” rusumli avtomashinasini sotib olib pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Quva tumani. 06-avgust kuni fuqaro S.Y IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning 07-may kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “GAZ 3110” rusumli avtomashinasini 1950 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 200 AQSH dollar pullarini berib, qolgan pullarni bir oy muddat ichida berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati