9 Avgust 2021 yil 475

Quva tumanida bir bosh qoramolni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi

Quva tumani. 21-iyun kuni Dasht qishlogʻida yashovchi fuqaro F.Q IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs mahallasida joylashgan fermer xoʻjaligi dala yer maydoni chetida qarovsiz qoldirgan narhi 2.800.000 soʻmlik bir bosh qora molini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.O., Q.F va T.A.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech