Qoʻshtepa tumanida bir bosh otni sotib olgan shaxs kelishilgan pullarni bermadi
Qoʻshtepa tumani. 16-noyabr kuni T.B IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning avgust oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan bir bosh otini 2.700 AQSH dollar evaziga sotib olishga kelishib, oldindan 400 AQSH dollar pullarini berib, otni olib ketib, qolgan pullarni berib yuborishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan otni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.T sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati