29 Aprel 2023 yil 441

Qoʻqon shahridagi jome’ masjidida telefon apparati oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Qoʻqon shahar. Fuqaro X.S IIBga murojaat qilib, unda 10-fevral kuni noma’lum shaxs Yangi chorsu koʻchasida joylashgan jome’ masjidining tahoratxonasida qarovsiz qoldirgan kurtkasi choʻntagida boʻlgan narxi 1.300.000 soʻmlik “Samsung A-13” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech