9 Sentyabr 2021 yil 371

Qoʻqon shahrida “Matiz” rusumli avtomashinada “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahri. 03-sentabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qutluq qadam koʻchasida yashovchi Gʻ.M Dangʻara koʻchasidagi avtomashinalarga yoqilgʻi quyish shahobchasi oldida boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinada “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech