Qoʻqon shahrida aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahri. 24-oktabr kuni fuqaro A.N IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 16-may kuni noma’lum ayol "Navbahor" koʻchasida joylashgan savdo kompleksida uning ishonchiga kirib, telefon orqali suhbatlashib, 2.000.000 soʻm pullarni plastik kartasi hisobiga oʻtkazsa, Margʻilon shahriga 100 dona koʻrpa-toʻshaklarni yoʻlovchi avtomashinadan joʻnatib yuborishligini aytgan. Biroq haydovchi orqali koʻrpa-toʻshaklarni berib yubormasdan aldab, 2.000.000 soʻm pullarini plastik kartasi hisobiga oʻtkazib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati