6 Sentyabr 2021 yil
470
Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari qidiruvdagi ayolni qoʻlga olishdi
05-sentabr kuni Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.N. ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati