25 Avgust 2021 yil 400

Uchkoʻprik tumanida qarovsiz qoldirilgan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani. 22-avgust kuni Navroʻz MFY hududida yashovchi A.T IIBga murojaat qilib, unda 19-avgust kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan narhi 500.000 soʻmlik “Самсунг Ж1+6” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech