1 Iyun 2023 yil 423

Uchkoʻprik tumanida fuqaroning ishonchiga kirib plastik kartalari hisobidan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritgan shaxs aniqlandi

Uchkoʻprik tumani. I.Sh ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 02-mart kuni noma’lum shaxs “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, oʻzini bank xodimi ekanligini, kredit anketasi yopilmaganligini va unga yordam berishligini aytib, tegishli bank tomonidan berilgan 2 dona plastik kartalarining xos raqamlarini qoʻlga kiritib, kartalari hisobida boʻlgan jami 3.010.000 soʻm pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.D sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech