Fargʻona shahrida talonchilik sodir qilgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2022-yil 20-dekabr kuni soat 21:00 larda Q.M ismli qoʻshnisi O.N ismli ayolni oldiga kirib pod’yezidagi liftni ta’mirlatish uchun pul yigʻib yurganligini aytib, undan pul berishini soʻragan vaqtida pul bermaganligi uchun janjallashib, N.O. ismli ayolni qoʻlidagi narxi 1.000.000 soʻmlik “Самсунг” rusumli telefon apparatini qoʻlidan tortib olib ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli talon-taroj qilib tortib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati