Shovvozlar qoʼlga tushdi
Fargʼona tumani. Sanoat mahallasida yashovchi U.M. tuman IIBga murojaat qilib, 2020 yil mart oyi oʼrtalarida nomaʼlum shaxs yashash xonadonidan jami narxi 3 000 000 soʼmlik tilla taqinchoqlarini oʼgʼirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Fargʼona tumani IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni T.T., А.А. va X.Oʼ.lar sodir etishganligi aniqlanib, ulardan daliliy ashyolar olingan. Yuqoridagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi(oʼgʼirlik)da koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazoladi. Buni yoddan chiqarmang!
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati