13 Mart 2020 yil 916

Shohimardon qishlogʼida xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlar yigʼish punktini ishga tushirildi.

  Fargona tumanining Shohimardon qishlogʼi "anklav" hududda joylashgan.
  Ushbu maskanda, xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarini yigʼish punkti ishga tushirish boʼyicha zamonaviy texnik uskunalar oʼrnatilayotganligi haqida xabar bergan edik.
  Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun qoʼshni Qirgʼiziston Respublikasi hududi orqali 25 kilometrdan ortiq masofani bosib, Fargʼona tumani Ichki ishlar boʼlimi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlinmasiga murojaat etadigan shohimardonliklar uchun qulay imkoniyat yaratildi.
  Joriy yilning 10 mart sanasidan qishloqning oʼzida maʼlumotlarni yigʼish punkti ishga tushirildi. 6 ming nafarga yaqin fuqarolar endilikda bemalol ortiqcha ovoragarchiliklarsiz mazkur hujjatga ega boʼlishlari mumkin.



Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech