16 May 2023 yil 366

Qoʻqon shahrida “Rоssо Х-3” rusumli uyali telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro M.F IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 07-aprel kuni noma’lum shaxs A.Temur koʻchasida ishonchiga kirib, narxi 2.800.000 soʻmlik “Rоssо Х-3” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib olishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Q.M sodir etganligi aniqlanib, tergov haraktlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech