24 Noyabr 2022 yil 440

Voyaga yetmagan shaxs sartaroshxona oldida qarovsiz qoldirilgan velosipedni oʻgʻirladi

Qoʻqon shahar.Fuqaro S.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 11-noyabr kuni noma’lum shaxs I.Buxoriy koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyda joylashgan sartaroshxona kirish eshigi oldida, qarovsiz qoldirilgan narxi 1.200.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan J.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech