Rossiya Federatsiyasiga ishga joʻnatishni va’da qilib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahri. 2021-yilning 04-iyul kuni N.Sh IIBga murojaat qilib, unda 27-mart kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 400 AQSH dollari evaziga Rossiya Federatsiyasi Moskva shahriga ishga yuborishini aytib, pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati