Rishton tumanida xonadondan telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol aniqlandi
Rishton tumani. Dutir mahalla hududida yashovchi B.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 18-aprel kuni noma’lum shaxs, yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan narxi 1.500.000 soʻmlik
“Ред Ми-9” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni H.Sh ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati