25 Fevral 2023 yil 377

Qoʻqon shahrida xonadonda boʻlgan “Sobalt” avtomashinasi salonidan 17.000.000 soʻm pullarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. A.T.Xoʻqandiy mavzesida yashovchi fuqaro Q.R IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 28 oktabr kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirgan “Сobalt” rusumli avtomashinasi orqa oʻrindigʻida boʻlgan 17.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech