Qoʻqon shahrida sotuvdagi yogʻ mahsulotlarini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. D.J IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 16 fevral kuni nomaʼlum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo doʻkoni old tomonida qarovsiz qoldirilgan sotuvdagi 1.000.000 soʻmlik yogʻ mahsulotlarlarini yashirin ravishda oʻgʻrilab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.R sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari oilib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati