23 Fevral 2023 yil
377
Qoʻqon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. 15 fevral kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, A.Jomiy koʻchasida N.I.ning yoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, egnidagi shimining oʻng choʻntagidan gashish giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati