Qoʻqon shahrida gashish giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 13-yanvar kuni Fargʻona viloyati ikkinchi mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan A.T.Xoʻqandiy mazesida xizmat olib borayotgan vaqtida T.I giyohvandlik vositasi saqlashda gumon qilinib, uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi kiyimining yon choʻntagidan bir boʻlak gashish giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati