21 Yanvar 2022 yil 418

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi 2 nafar shaxslar qoʻlga olindi

20.01.2022-yil kuni Qoʻshtepa tumani IIB JQB va Probatsiya xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.B.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.S.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech