27 Avgust 2022 yil 397

Firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumonlanib qidiruvda yurgan shaxs Rossiya federatsiyasida qoʻlga olindi

Rossiya federatsiyasida xizmat safarida boʻlgan Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib,
Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.F.ni Moskva shahrida qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech