Qoʻqon shahrida oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan shaxs pullarini toʻliq bermay gʻoyib boʻldi
Qoʻqon shahri. 04-oktabr kuni Q.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 14-avgust kuni noma’lum shaxs Usmon Nosir koʻchasida joylashgan savdo kompleksi hududida 1.118.000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini olib, 118.000 soʻmini berib qolgan 1.000.000 soʻm pullarini avtomashinasidan olib kelib berishligini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan oziq-ovqat maxsulotlarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB IIB huzuridagi tergov boʻlmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.Z sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati