Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanining serqatnov yoʻllariga yangi fotoradar va videokuzatuv kameralari oʻrnatildi
Oʻzbekiston tumani hududdan oʻtgan “Qoʻqon-Yaypan-Isfara” avtomobil yoʻlida joriy yilning oʻtgan davrida 53 ta yoʻl transport hodisasi sodir etilgan boʻlib, ularning 9 tasi inson oʻlimi bilan yakunlangan. Shuningdek tuman hududidan oʻtgan “Qoʻqon-Mingtut-Aeroport” avtomobil yoʻlida esa joriy yilning 10 oyi davomida sodir boʻlgan 8 ta yoʻl-transport hodisasining 4 tasi oʻlim bilan tugagan.
Bunday holatlarni oldini olish maqsadida tuman hokimligi koʻmagi bilan “Qoʻqon-Yaypan-Isfara” avtomobil yoʻlining 4 va 22-kilometrilariga va “Qoʻqon-Mingtut-Aeroport” avtomobil yoʻlining 7-kilometrlariga “Lochinkoʻz” rusumli yoʻl harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi qurilmalar oʻrnatildi. Ushbu maxsus kameralar belgilangan tezlikka amal qilmagan, xavfsizlik kamaridan foydalanmagan, harakat vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalangan va yoʻl chiziqlariga talablarini buzgan transport vositalarini aniqlashga qaratilgan.
Shuningdek, koʻngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida tumandagi 49-maktabi oldida qavariq sun’iy notekslik yaratildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.