3 May 2023 yil 504

Oltiariq tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Oltiariq tumani. 2023-yilning 20-aprel kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, N.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasidagi gulzorda 28 tup va ekin maydoni ichida 67 tup koʻknori oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech