18 Avgust 2021 yil 609

Oltiariq tumanida xaridorning 100 AQSH dollari qalbaki boʻlib chiqdi

Oltiariq tumani. 11-avgust kuni M.N. IIBga murojaat qilib. unda 11-iyul kuni noma’lum shaxs Qiziltepa MFYda joylashgan savdo doʻkoniga kelib undan xar-xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari olib, unga bir dona 100 AQSH dollari berib ketganligini, ushbu 1 dona 100 AQSH dollari kupyuraning qalbaki ekanligini ma’lum qilgan.

Oʻtkazilgan sudga oid texnik-kriminalistik ekspertizaning xulosasiga koʻra, 1 dona 100 AQSH dollari qiymatidagi kupyura qalbaki usulda rangli printer yordamida yordamida tayyorlanganligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida 1 dona 100 AQSH dollari kupyuradagi pul V.I tomonidan tayyorlanganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech