3250 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga joʻnatishni va’da qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona tumani. M.O ismli ayol IIB ga murojaat qilib, unda 2020-yil noyabr oyida A.Sh ismli tanishi uning ishonchiga kirib oʻgʻlini Janubiy Koreya Respublikasiga ishlash uchun yuborishini aytib undan jami 3 250 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan A.Sh ismli shaxs aniqlanib, xozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar har qanday oldi-berdi munosabatlarini notarial tartibda rasmiylashtirishni unutmang. Aks holda firibgarlar tuzogʻiga ilinib qolasiz.
Eslatib oʻtamiz yuqoridagi kabi jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati