28 Mart 2023 yil 387

Margʻilon shahrida gashish giyohvandlik moddalarini pullagan shaxs qoʻlga tushdi

Margʻilon shahar. 2023 yilning 22 mart kuni Fargʻona viloyat IIB TQX JQB va Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Doʻstlik mahalla hududida yashovchi K.N yashash xonadonida 6.000.000 soʻm evaziga “gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qoʻlga tushgan.

Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech