23 May 2022 yil 436

Fargʻona shahrida koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahri.3-may kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va shahar IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Ipak yoʻli MFY hududida joylashgan D.I.ning hayvonlar yemxonasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yemxona omborxonasida 26 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech