29 Iyun 2022 yil 472

Fargʻona viloyati IIB rahbariyati ishtirokida joylarda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-amaliy tadbirlari davom etmoqda

Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, polkovnik I.Tillayev hamda polkovnik M.Sattarovlar ishtirokidagi ana shunday tadbirlar Quvasoy shahri va Quva tumanlarida oʻtkazildi.

Joylarda sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, salbiy holatlarning sodir etilishiga sharoit yaratib bergan omillardan biri kriminogen vaziyatni toʻgʻri baholamaslik, jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorlini toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligini, mahalla faollarida voqea-hodisaga daxldorlik hissini yetishmasligi hisoblanadi. Bunda ayniqsa profilaktika inspektorlarining fuqarolar oldidagi mas’uliyati yanada oshirish lozim. Oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda ayni jihatlarga alohida urgʻu berilyapti.

Aksariyat jinoyatlar tunda sodir etiladi. Joylardagi profilaktika xizmatlari tomonidan tungi xizmatlarni tizimli tashkil etish, jinoyat qilishga moyil shaxslar bilan ishlash va ularga ta’sir choralarini qoʻllash orqali hududlarda jinoyatlar salmogʻini kamaytirish mumkinligi ta’kidlandi.

Eng asosiysi profilaktika inspektorini hududidagi har bir fuqaroni tanisin, xonadonidagi sharoitni bilsin. Bu esa, voqea-xodisa, yoki muammolarga oʻz vaqtida qonuniy yechim topishiga, fuqarolarning murojaatlarini shu yerning oʻzida hal etishga imkon yaratadi.

Bundan buyon, profilaktika inspektori xonadonma-xonadon yurib fuqarolarga oʻzini tanishtirib, bogʻlanish uchun telefon raqamlarini qoldiradi.

Shuningdek tadbirlarda Respublika idoralararo ishchi guruhining Fargʻonada olib borgan oʻrganishlari yakuni boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham oʻrganildi. Har bir xodim oʻziga yuklatilgan vazifani ichiga kirib, tahlil qilib, ishlashi kerakligi tushuntirildi.

Tadbir davomida tergov amaliyoti samaradorligini yanada kuchaytirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlanib, bajarilgan ishlar koʻrib chiqildi. “Ye” material dasturiy ta’minotidan kelib tushgan har bir xabar va hodisalar asosida tergovga qadar tekshiruvni yuritish tartib qoidalari, tergovga qadar tekshiruvni yuritishda viloyatda yagona amaliyotni joriy qilish maqsadida protsessual hujjat namunalari ishlab chiqilganligi, ushbu protsessual hujjatlarning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech