Fargʻona shahrida haydovchining yuk mashinasidan giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi
Fargʻona shahar. 2022-yilning 27-dekabr kuni, shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, FNQIZ 4-nazorat oʻtish joyida K.Z boshqaruvidagi “HOWO” rusumli yuk mashinasi nazoratchi xodimlar bilan tekshirilgan vaqtida haydovchi K.Z.ning yonidan ikki dona gugurt qutisiga solingan holda va mazkur mashina kabinasida boʻlgan K.Z.ga tegishli sumkasida “Marixuanna” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati