12 Avgust 2021 yil 699

Furqat tumanida “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi

Furqat tumani. 06-avgust kuni tuman IIB JQB va TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 1973-y.t. Furqat tumani, Chirkay qishlogʻida yashovchi Q.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, hovlisidagi beton ustida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.


Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: