8 Mart 2020 yil 734

Fargʼona viloyatida ommaviy tarzda oʼtkazilayotgan “Eko xashar” - daraxt ekish oʼn kunlik aktsiyasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

   Toza havo manbai boʼlgan mevali va manzarali daraxtlar inson salomatligini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Xususan, “Koʼchat ekib, bogʼ yaratamiz!” shiori ostida Fargʼona viloyati ichki ishlar boshqarmasi hodimlari tomonidan viloyatimizdagi taʼlim, tibbiyot muassasalari, mehribonlik uylariga 3000 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt koʼchatlari ekildi. Bu nihollar, albatta, oʼsha hududdagi musaffolikni taʼminlashga xizmat qiladi.
   Bu kabi xayrli tadbirlar tuman-shaharlarda davom etmoqda.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech