18 Avgust 2021 yil 389

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi 2 nafar shaxslar qoʻlga tushdi

17-avgust kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB xuzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.Yu.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Quva tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan O.T.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech