20 Avgust 2021 yil 391

Fargʻona shahrida konditsioner sotib olib pullarini bermay aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 26-iyul kuni fuqaro M.Q. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 05-iyun kuni X.B ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan narhi 9.000.000 soʻmlik “Artel” rusumli konditsionerini sotib olishga kelishib, pullarini oʻn kun muddat ichida berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan konditsionerni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.Q sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech