Oltiariq tumanida oshxonadan suv nasos va gaz balon oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Oltiariq tumani. Joriy yilning 12-yanvar kuni N.T IIBga murojaat qilib, unda 11-yanvar kunidan 12-yanvar kuniga oʻtar kechasi, noma’lum shaxs Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan oshxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, oshxonasidan narhi 500.000 soʻmlik suv nasosi va 350.000 soʻmlik gaz balonini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati