Farg‘onada “Tezkor shtab” faoliyati samarali davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 14 aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar ijrosit mamlakatimizning barcha hududlari, xususan Farg‘ona viloyatida ham koronavirus pandemiyasining oldini olishga qaratilgan karantin vaqtida iqtisodiyot, sanoat, oziq – ovqat, qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuk va trasport harakatlarnishini tashkillashtirish va manitoring qilish tezkor shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida tashkil etilgan “Tezkor shtab”da huquq-tartibot idoralari vakillaridan tashqari investisiya, iqtisodiyot, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalariga daxldor mutasaddilar ham jalb etilgan.
Viloyat IIB xuzurida tashkil etilgan “Tezkor shtab” viloyatimiz hududida eksport import operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi barcha tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini to‘la qollab quvvatlaydi. Bu borada eksportiyorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning tashish va manzilga yetkzishda yuzaga kelayotgan muammolar joyida mutasaddilar bilan kelishgan xolda hal etilmoqda.
Eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, sanoat mahsulotlari belgilangan tartibda bojxona va ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan kuzatuviga olinib, yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shni viloyat bojxona boshqarmasining kuzatuv guruhiga yoki manzil chegara postiga qadar yetkazilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi davrida Viloyat hududida erkin harakatlanishiga ruxsat berilishi zarur bo‘lgan jami 735 ta xo‘jalik yurituvchi subektlarining transport vositalarining ro‘yxatlari shakllantirilib, erkin harakatlanishi ta'minlandi.
“Tezkor shtab”ga kun davomida kelib tushgan talabnomalar asosida transport vositalari harakatlari ham ta'minlanmoqda.
Bevosita tezkor shtab ko‘magi bilan korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan bog‘liq muammolari hal etilmoqda.
Viloyat shtabi “Call-markazi” va “Tezkor shtab” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ta'minlangan.
Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimining investisiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshqa soha vakillaridan tarkib topgan maxsus ishchi guruhi a'zolari hududlardagi tadbirkorlik sub'ektlarida bo‘lib muloqotlar davomida ishlab chiqarish korxonalarining imkoniyatlari va karantin sharoitida yuzaga kelgan muammolariga yechim topishga erishilyapti.
Tadbirkorlarimiz “Tezkor shtab”dagi 73-241-57-14, Call-markazi”ning 10-55 qisqa raqami hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.X.Adhamovning 97-504-07-77, 98-210-55-01 telefon raqamlari orqali murojaat qilib o‘z muammolari yechimi yuzasidan amaliy yordam yoki huquqiy maslahatlar olishlari mumkin.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati