18 Noyabr 2021 yil 431

Fargʻona viloyatida 3 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

16-noyabr kuni Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Quva tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan U.A.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Qoʻshtepa tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 189-moddasi 1-qismida (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.E.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech