10 Yanvar 2022 yil 3528

FАRGʼONА VILOYATI ICHKI ISHLАR BOShQАRMАSI ICHKI ISHLАR ORGАNLАRI XIZMАTIGА NOMZODLАR TАNLOVINI E'LON QILАDI

Ichki ishlar organlari tarkibida voyaga yetmaganlar masalalalari boʼyicha inspektor-psixolog lavozimlariga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda, Fargʼona viloyatida doimiy roʼyxatda turuvchi, yoshi oʼn sakkizdan kichik va oʼttizdan katta boʼlmagan, shu jumladan oʼttiz yoshdagi ham, OLIY TА'LIM MUАSSАSАLАRINI HUQUQSHUNOS, PSIXOLOG MUTАXАSSISLIKLАRINI HАMDА PEDАGOGIKА YOʼNАLISHI BOʼYICHА TАMOMLАGАN, sogʼligʼining holati va jismoniy tayyorgarligi boʼyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʼlgan, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Bunda, boʼyi 165 sm.dan past boʼlmagan Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni oʼtagan va oliy taʼlim muassasasini harbiy kafedrasini tamomlagan erkaklar hamda boʼyi 160 sm.dan past boʼlmagan ayollar qatnashishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2022 yilning 10 yanvar kunidan 15 yanvar kuniga qadar, yashash hududlarida joylashgan Ichki ishlar organlarining Kadrlar bilan taʼminlash guruhlariga murojaat etishlari lozim.

Nomzodlar oʼzlari bilan “fuqarolik pasporti” (nusxasi bilan), “harbiy guvoxnomasi”, Diplomlarini olib kelishlari talab etiladi.

Murojaat uchun telefon: (873)244-15-56.

FАRGʼONА VILOYATI ICHKI ISHLАR BOSHQАRMАSI MА'NАVIY-MА'RIFIY ISHLАR VА KАDRLАR BILАN TА'MINLАSH XIZMАTI

Text to speech