Fargʼona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Doniyor Tashxodjaevning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlari kuni munosabati bilan BАYRАM TАBRIGI
Goʼzal tabiatimizga barchamiz orziqib kutgan bahor nafasi kirib kelgan ushbu yorugʼ kunlarda Sizlarni uygʼonish faslining ilk ayyomi, mehr-oqibat va muhabbat, nafosat timsoli boʼlgan 8 mart xotin-qizlar bayrami bilan Fargʼona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi nomidan qizgʼin tabriklayman.
Аsrlar davomida xalqimiz tomonidan onalarni, ayol-qizlarni eʼzozlash ezgu qadriyatlardan biri sifatida alohida qadrlanadi. Chunki, mehr-oqibat va odamiylikning ilk saboqlari har birimizning yuragimizga ona allasi bilan kirib, hayot soʼqmogʼi va turmush darsi, oila totuvligi mehribon onalarimiz tarbiyasidan, opa-singillarimiz muhabbatidan boshlanadi.
Sizlarni hamisha fidoyilik, vafodorlik, sadoqat, goʼzallik timsoli sifatida ulugʼlash bilan birga oʼzlaringizga xos boʼlgan boy maʼnaviy dunyongiz, aqlu-farosatingiz, donoligingiz bilan ijtimoiy-siyosiy turmushimizda alohida oʼrin egallab kelayotganingizni alohida taʼkidlaymiz.
Chindan ham millatning kuchi, Vatanimiz ozodligi va obodligi, inson baxti, yurtimiz kelajagi bevosita onalarimiz, jamiyat sogʼlomligi ayollarimiz bilan bogʼliq desak, xato qilmagan boʼlamiz.
Yurtimiz tinchligi, osoyishtaligiga va buyuk kelajagi yoʼlidagi xayrli ishlarda, barcha tashabbuslarda Sizning kuch-gʼayratingizga, bilim va tajribangizga, fidoyiligingizga tayanamiz.
Sizlarni 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir marta qizgʼin qutlab, barchangizga mustahkam sogʼliq oilangizga omonlik, hamjihatlik, kelgusi ishlaringizga omadlar tilaymiz.
Fargʼona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshligʼi polkovnik
D.B.Tashxodjaev