22 Iyun 2023 yil 252

Fargʻona tumanida “Spark” avtomashinasini olib qochgan shaxs qoʻlga tushdi

 

Fargʻona tumani. Fuqaro N.U IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 18-iyun kuni Qurilish mahalla hududida kaliti oʻzida, eshiklari quflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan Q.J.ning qora rangli “Спарк” rusumli avtomashinasini olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, N.U boshqarib olib qochgan “Spark” avtomashina Yangiarab mahalla hududida avtomashina yoqilgʻisi tugab qolgan vaqtida tuman IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech