25 Avgust 2022 yil 438

Fargʻona tumanida qoramollarni aldab qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

 

Fargʻona tumani.2022-yilning 21-iyun kuni M.D K.A.ning ishonchiga kirib, ikki bosh qoramollarini 24.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini bir oy muddat ichida berishini aytib, qoramollarni olib ketib, aldab qoʻlga kiritgan chorva mollarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech