Faxriylar hamisha eʼtiborda.
Inson umrini bezaydigan jihatlardan biri xalq xizmatiga kamarbasta boʼlishdir.
Quva tumani, Аkborobod qishlogʼida istiqomat qiluvchi isteʼfodagi podpolkovnik Umrzaqov Аzamxoʼja Dadaxoʼjaevich ham ana shunday hamyurtlarimizdan biri.Fargʼona viloyati IIB tomonidan, koʼp yillar mobaynida Ichki ishlar organlada turli rahbarlik lavozimlarida samarali xizmat qilib, isteʼfoga chiqqan faxriylarning holidan xabar olish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash hamda oilaviy sharoitini oʼrganish boʼyicha manzilli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Аzamxoʼja Umrzaqov xonadonida viloyat IIB rahbarlari, faxriylar uning xolidan xabar oldilar va ijtimoiy-maʼnaviy koʼmak koʼrsatildi.Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati