5 Avgust 2021 yil 259

Dangʻara tumanida velosipeddan foydalanib turish bahonasida aldab olib ketgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Dangʻara tumani. 12-iyul kuni fuqaro P.X. IIBga murojaaat qilib, unda 30-iyun kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narhi 4.400.00 soʻmlik velosipedidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan velosipedni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech