25 Mart 2023 yil 358

Buvayda tumanida savdo doʻkonidan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

 

Buvayda tumani. Buvayda mahalla hududida yashovchi fuqaro D.E IIBga murojaat qilib, unda 12 mart kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida joylashgan qurilish mollari savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʻkonida boʻlgan 2.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻrilab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni E.A sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech