7 Dekabr 2021 yil
499
Buvayda tumani IIB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
06.12.2021-yil kuni Buvayda tuman IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.S.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati