6 Iyul 2023 yil 378

Qoʻqon shahrida plastik karta hisobida boʻlgan pullarni aldov yoʻli bilan yechib olgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro A.D IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 12-noyabr kuni noma’lum shaxs qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “Сlick” xizmati xodimi ekanligini yolgʻondan aytib, plastik kartasini begona shaxslardan ximoya qilishda amaliy yordam berishni va’da qilib, ishonchiga kirib, uning tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodi va parolini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 1.758.750 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech