Beshariq tumanida “Hоnоr Х7” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan qiz aniqlandi
Beshariq tumani. Q.O IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 30-aprel kuni noma’lum shaxs oʻgʻli voyaga yetmagan M.M.ni Boy mahalla hududida qarovsiz qolgan velosipedini old yukxonasida boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik “Hоnоr Х7” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan H.Gʻ ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati