28 Fevral 2020 yil 920

Barcha yoʼllar radar nazoratida. 11546 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.

Yoʼl-transport xodisalari oldini olish maqsadida yoʼl harakati xavfsizligi tizmiga zamonaviy texnikalar joriy etilmoqda. Yoʼl harakati qoidabuzarliklarni aniqlashda inson omilini kamaytirish maqsadida fotovideofiksatsiya qurilmalaridan foydalanilmoqda. Fargʼona viloyatiga dastlab, 2018 yilda bir dona onlayn tizimda ishlovchi “AUTOCON” rusumli tezlik oʼlchash moslamasi olib kelingan boʼlsa, keyinchalik ularning soni 4 taga yetkazildi. 2020 yilda koʼchma va statsionar tezlik oʼlchash moslamalaridan yana 5 dona olib kelindi.
Аsosan avtomobillarning harakat tezligi yuqori va yoʼl-transport xodisalari sodir boʼlish ehtimoli koʼp boʼlgan hududlarda ushbu qurilmalardan foydalanilgan holda shu kunga qadar 159 ming 393 ta tezlik meʼyorlariga amal qilmagan transport vositalari aniqlandi.
2020 yil 14 fevralь kunidan boshlab viloyatimizdagi yoʼllarda maxsus avtotransportlarga oʼrnatilgan “Multaradar” qurilamalari ham faoliyat olib bormoqda. Yoʼl harakati qoidalari va boshqa buyruq va qarorlar talabidan kelib chiqib, maxsus transport vositalaridan tezlik cheklanganligini bildiruvchi va 5.43 “Radar” yoʼl belgilari taʼsir doirasida ishlatilmoqda. Ushbu radarlar shu kunga qadar 11546 ta qoidabuzarliklarni aniqladi. Bularning barchasi birgina maqsadga, yoʼllarda tezlik normalariga amal qilinishini taʼminlash va yoʼl-transport hodisalarini oldi olishga xizmat qiladi.


 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech