Uchkoʻprik tumanida ayolning xonadonidan televizor oʻgʻirlagan erkak qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani. Yaniobod mahalla hududida yashovchi B.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 09-noyabr kuni nomalum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan bir dona narxi 3.000.000 soʻmlik artel rusumli televizorni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati